Novda - yangi o'zbek kino - premyera!
Taniqli kinorejissor Zulfiqor Musoqovning yangi «Novda» kinokartinasining premyerasi 2015 yilning 23 yanvar sanasida soat 18:00da Alisher Navoiy nomli kinosaroyida bo’lib o’tgandi.
«Novda» filmi rejissyori, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, Zulfiqor Musoqov hisoblanadi. Film operatori - Azizbek Arzikulov, rassom - Bektosh Rajabov, ovoz operatori - Furqat Xasanov, bastakor - Mariya Musoqova. Filmdagi rollarni - Abdulg’ofur Ishanov, Rahshona Shodieva, Gulinor Abdullayeva, Navro'z Jumayev, Shahzoda Matchonova, Xusan Sharipov, Hayrulla Sa’diyev, Ra’no Zokirova va boshqalar ijro etishgan.
Yangi kartina "O‘zbekfilm” kinostudiyasida tasvirga olingan bo‘lib, unda bir ahil qishloq oilasi, ilk muhabbat, Vatanga, ota-onaga muhabbat haqida hikoya qilinadi. Qayd etilishicha, ekspertlar filmni buyuk italyan kinorejissyori F. Fellinining "Amarkord” (1973) badiiy filmiga o‘xshatishmoqda. Biroq manbada filmning aynan qaysi jihatlari o‘xshatilgani haqida ma’lum qilinmagan.
Комментарии