Bajrangi og'a - Premyera!!! Chiqqan yili - 2015 Mamlakat - Hindiston Janr - Komediya, drama, melodrama Rejissyor - Kabir Xon Rollarda: Salmon Xon, Karina Kapur, Harshaali Malhotra, Navoziddin Siddiqiy, Oum Puri, Nojim Xon, Rajesh Sharma va boshqalar. Tavsif: Mazkur film bosh qahramonining chin ismi Pavan Kumar Chaturvedi, ammo uni hamma Bajrangi og'a, deb atashadi. U umri davomida hech kimsaga hech qanday yomonlik qilmagan va hatto biror marotaba yolg'on gapirmagan. Bajrangi og'a Shri Xonumon (hindlarning ilohiy ma'budi - maymunlar podshosi)ning ta'limotiga sodiq qolgan holda, foniy dunyoda faqatgina ezgu amallar qilmoq darkor, deb hisoblaydi. Pokistonlik ota-ona soqov qizlari Shohidaning tilini davolatish taraddudida, biroq, qizcha poyezddan qolib ketadi. Ittifoqo, Bajrangi uni uchratib qoladi. Qizchaning och-nahor ekanligini sezgan Bajrangi uning qornini to'yg'izadi va qizcha unga ergashgach, noiloj uni o'zi bilan b...