Ulgurganga to'le yor - Premyera!


Chiqqan va trajima qilingan yillar - 1988/2015
Mamlakat - AQSH
Janr - Kriminal, sarguzasht, komediya, triller, jangari
Rejissyor - Martin Brest
Rollarda: Robert de Niro, Charlz Grodin, Yafet Kotto, Jon Eshton, Dennis Farina va boshqalar.
     Tavsif: Jek Uolsh - o'z ishining mohir ustasi va tajribali mutaxassis. U ilgari politsiya mahkamasida xizmat qilgan, endilikda esa xususiy izquvar bo'lib ishlaydi. Uning vazifasi - qidiruvdagi jinoyatchilarni tutish va ularni odil sud qo'liga topshirish. Bu gal Jek "Gersog" laqabi bilan mashhur Jonatan Mardukasni qidirish bilan band. Mardukas aslida kamtar va aqlli hisobchi bo'lib, mafiyaning 15 million dollarini o'g'irlash va o'zlashtirishdek qaltis ishga qo'l urgan. Shartnoma bo'yicha u "Gersog"ni tutib, uning qo'liga kishan taqqan holda samolyotda Nyu Yorkdan Los-Anjelesga uni belgilangan muhlat ichida olib kelishi kerak. Buning evaziga Uolsh 100 000 dollar xizmat haqi olishi kerak.
     Bu vazifa uning uchun cho't bo'lmasa-da, u bir narsani hisobga olmagandi: Mardukasni undan tashqari gangsterlar, Federal Qidiruv Byurosi (FQB) va raqobatchi hamkasbi ham izlashayotgan edi. Qolaversa, Mardukas uchishdan o'lgudek qo'rqadi va Jek uni boshqa izlovchilardan avval tuta oladimi va belgilangan muhlatgacha tutib keltira oladimi, buni filmni ko'rish davomida bilib olamiz.
Tavsif tarjimoni - Muzaffar Muhammadnazar

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога